Milliy seysmologik xizmatga ko’ra, Meksika janubida 7,1 magnitudali zilzila yuz berdi.

Foto: Google

Seysmologlarning ma’lumotlariga ko’ra, zilzila epitsentri Oaxakoning Kruzesit shahridan 12 km janubi-sharqda aniqlangan.

“RIA Novosti”ning Mexiko shahridagi muxbiri xabar berishicha, shahardagi yer silkinishlari yengil bo’lib tuyulgan. Seysmik signalizatsiya sirenasi 30 soniyadan keyin boshlangan, evakuatsiya qilingan binolarning aholisiga hali ham ichkariga kirishga ruxsat berilmagan.

Hozircha boshqa ma’lumot berilmagan. Shuningdek, qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ham ma’lumot olinmagan.

Nashri qo’shimcha qilishicha AQShdagi seysmologlarga ko’ra, zilzila magnitudasi 7,7 teng bo’lgan.