Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 28 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 12 nafar, jami 40 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar qildi.

Foto: SSV axborot xizmati

Tuzalganlarning 21 nafari erkak, 19 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 75 yoshli onaxon, yoshi kichigi esa 2020 yilda tug‘ilgan.

Endilikda Toshkent shahri va viloyatida ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 2451 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun 110 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4560 nafarni tashkil etmoqda.