O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Moskva shahridagi “Vnukovo” aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Hukumatining rasmiy shaxslari kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun kechqurun Kremlda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Avvalroq xabar qilganimizdek, ertaga, 24-iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.