Foto: O’zA

“Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus masalasida jahondagi vaziyatni hisobga olgan holda, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ishlab chiqqan tavsiyaga binoan harakatlar algoritmiga o‘zgartish kiritishga qaror qildi. Unga ko‘ra, Yaponiya, Janubiy Koreya va Erondan kelgan shaxslar, shuningdek, Xitoydan kelganlar 14 kun mobaynida ixtisoslashtirilgan maxsus binolarda karantinda bo‘ladi“, – deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Avvaliga ro‘yxatda Afg‘oniston ham bor edi, biroq keyinchalik o‘zgartish kiritildi.

“Vlast.kz” tarqatgan xabarga ko‘ra, Qozog‘iston ham Singapur va Tailanddan qaytganlar uchun uy karantini joriy qilinishini rejalashtirgani, Gonkong, Tayvan va Makao, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya va Eronni koronavirus infeksiyasi bo‘yicha noqulay mamlakatlar ro‘yxatiga kiritishni va bu mamlakatlardan kelgan barcha fuqarolarni karantinga joylashtirishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingan edi. Biroq Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha bu borada tegishli qaror qabul qilmadi.

Qozog‘iston bosh sanitar vrachi Jandarbek Bekshin qozog‘istonliklarga murojaat qilib, Janubiy Koreyaga bormaslikni tavsiya qilar ekan, “bu mamlakatda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 602 ta holat ro‘yxatga olingani, bir kecha kunduzda 168 holat qayd etilganini“ ma’lum qildi.