Bugun AOKAda Koronaviursga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Foto: Trend

Unda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi:

Savol: Koronavirusdan tuzalgan bemor karantin tugagandan keyin ham shifokor nazoratida turadimi?

Javob: Yo‘q, hech qanday shikoyatlar bo‘lmasa, shifokor nazoratida bo‘lish shart emas.

Savol: Bozor, supermarket, transport va boshqa joylarda koronavirus yuqtirish mumkinmi? Ehtiyot chorasi sifatida nima qilish lozim?

Javob: Albatta, ehtiyot choralari ko‘rilmasa, virus yuqtirish ehtimoli juda yuqori. Sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish, ijtimoiy masofani saqlash, yaqin aloqada bo‘lmaslik kerak.

Savol: Kundan-kun havo isib bormoqda, koronavirus issiqda nobud bo‘lishi rostmi?

Javob: Koronavirus 30*S va undan yuqori darajada yuqtirish faolligini to‘liq yo‘qotadi. Havo namligining pasayishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi quyosh nurlari virusni nobud qiladi. Havo harorati 70S va undan yuqori bo‘lganda virus to‘liq yo‘qoladi.