Xitoyning Guychjou vailoyati janubi-g‘arbida kuchli suv toshqinlari natijasida uch kishi halok bo‘ldi, 10 ming kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi, deya xabar berdi Sinxua agentligi.

Foto: Kazinform

Ta’kidlanishicha, suv toshqini, ayniqsa, Tunszi va Yanxe tumanlarida avjiga chiqqan. Kuchli suv toshqini Tunszida aholi turar joylarini oqizib ketgan, uch kishi halok bo‘lgan. Mahalliy hokimiyat yordam sifatida 2 million yuan (taxminan 283 ming dollar), vaqtinchalik palatka va kiyim-kechaklar ajratgan.

Dushanba kuni tongdan seshanba kuni tonggacha Guychjou viloyatining shahar va tumanlarida jala quygan. Ma’murlar viloyatning 86,4 foiz hududida ob-havo xavfini e’lon qildi. Meteorologlar yomg‘ir yog‘ishi davom etishini taxmin qilmoqda.