Foto: Google

Joriy yilning 25 fevral kuni Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasida aynan bolalar ishtirokidagi yo’l-transport hodisalarini oldini olish yuzasidan bir qancha mas’ul raxbar va xodimlar ishtirokida yig’ilish bo`lib o’tdi. 

Yig’ilish qatnashchilariga yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi. Yig`ilishda Xalq ta’limi boshqarmasining viloyat Yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikdagi bolalar bilan bog’liq yo’l – transport hodisalarining oldini olishga yo’naltirilgan, aniq, manzilli rejalar jamlangan “Yo’l xaritasi”ni ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich bajarishga kelishib olindi. “Yo’l xaritasi”ga esa har bir shahar va tumandagi maktablarda namunali yo’l harakati xavfsizligi sinfxonalarini tashkil etish kabi muhim vazifalar kiritildi.