“O‘zbekiston Respublikasida “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (394-son, 20.06.2020 y.) qabul qilindi.

plastik karta humo carta humo
Foto: Darakchi

Qaror bilan “Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Jumladan:

  • aholi uchun iste’mol kreditlari ajratish tartibi yanada soddalashtiriladi va takomillashtiriladi;
  • barcha kadastr hujjatlari raqamlashtiriladi;
  • “Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlarini integratsiyalashtiriladi;
  • “QR” kod orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarning ommabopligi oshiriladi va ko‘lami kengaytiriladi;
  • moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi muqobil tashkilotlar rivojlantiriladi, “Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.