Foto: O’zA

Matbuot anjumanida Tramp bayonot berar ekan, Hindiston va Qo‘shma Shtatlar yirik savdo bitimlari ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, hujjatlarni imzolash kelasi yilda kutilmoqda.

Rasmiy shaxslarning xabar qilishicha, tomonlar neft sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashgan. Rossiya ham Hindistonga neft yetkazib berishdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan edi.

Donald Trampning Hindistonga tashrifi ikki kun davom etdi. Bu Hindistonga Trampning birinchi va AQSh Prezidentining so‘nggi besh yildagi ilk tashrifidir.