Foto: Sirdaryo viloyat IIB axborot xizmati

Joriy yilning 23-iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sardoba tumanida yashovchi “L” va “M” ismli shaxslar “L” ismli shaxsning 2020 yil may oyida tug‘ilgan chaqaloq farzandini 18,000 (o‘n sakkiz ming) AQSh dollari evaziga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Tadbir davomida “L” hamda “M” ismli shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida 18,000 (o‘n sakkiz ming) AQSh dollari olingan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.