“Meydzi” Yaponiya universiteti olimlari virtual taomlar ta’mini sezish imkoniyatini beradigan qurilmani ishlab chiqishdi.

Foto: Google

Ixtiro “Norimaki sintezatori” deb nomlangan. Qurilmani qo‘llagan holda, nordon, shirin, achchiq, sho‘r ta’mni ong yordamida his qilish mumkin.

Har bir ta’m uchun moslama tagida joylashgan rangli sharlardan biri javob beradi. Sharlardagi bosim o‘zgarganda, ba’zi ta’mlar kuchayishi mumkin, boshqalari esa butunlay yo‘qoladi, deb yozmoqda “O‘zbekoziqovqatxolding”.

Ixtiro mualliflarining ta’kidlashicha, agar qurilmaga taom suratini uzatuvchi funksiya qo‘shilsa, inson miyasi ushbu mahsulotni haqiqatan ham iste’mol qilayotgandek qabul qiladi.

“Norimaki sintezatori”dan vaznni nazorat qilishda ham foydalanish mumkin. Shuningdek, qurilma ovqat xazm qilish funksiyasi buzilgan bemorlarni davolashda qo‘l keladi.