Qozog‘iston poytaxtida koronavirusga qarshi kurashgan fuqarolar qahramonligi uchun ularga yodgorlik o‘rnatilishi kerak. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev “BIZ BIRGEMIZ” onlayn forumida ma’lum qildi.

Foto: Kazinform

“Bugungi forumda men koronavirusga qarshi kurashayotgan odamlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Shu munosabat bilan men “Xalqning rahmati” maxsus medalini berishga qaror qildim. Bu shunday og‘ir qishda qattiq mehnat qilgan fuqarolar uchun. Umid qilamanki, yangi davlat mukofoti ana shunday chinakam vatanparvar fuqarolarga beriladi. Bugun «BIZ BIRGEMIZ» milliy onlayn forumi doirasida bir guruh fuqarolar ushbu medal bilan taqdirlanadilar”, – dedi Prezident.

Prezident pandemiyaga qarshi kampaniyada faol ishtirok etgan mamlakat fuqarolari davlat mukofotlari bilan taqdirlanishini ta’kidladi.

“Ushbu epidemiyadan xalos bo‘lganimizdan keyin poytaxtimizda fuqarolar qahramonligiga yodgorlik o‘rnatishimiz kerak. Men barcha qozog‘istonliklarga tinchlik va farovonlik tilayman. Biz albatta g‘alaba qozonamiz. Chunki biz birgamiz!” – dedi Davlat rahbari.

Ushbu mamlakatda hozirga kelib infeksiya yuqtirib olganlar soni 18,231 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, kasallik qurbonlari esa 127 kishiga yetgan.