Avvalroq, Xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadigan yangi reyslar jadvali e’lon qilingani haqida xabar qilgan edik.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

22-iyun kuni Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida charter parvozni amalga oshirgan “Rossiya” aviakompaniyasining Boeing 747-446 samolyoti 23-iyun kuni yarim tunda Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Transport vazirligi xabariga ko’ra, mazkur reys bilan 512 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga olib kelingan.

Shu kuni Toshkent – Moskva yo‘nalishda charter reysini amalga oshirgan samolyot 270 nafar Rossiya fuqarolarini O‘zbekistondan olib ketdi.