Dushanba kuni Italiya Fuqarolar hayotini himoya qilish departamenti so‘nggi kun davomida mamlakatda koronavirusdan 23 kishi vafot etgani, bu mart oyidan beri mamlakatda eng kam o‘lim holati bo‘lganini ma’lum qildi. Yakshanba kuni 24 odam vafot etgan edi, deya xabar beradi ANSA agentligi.

Foto: Google

Lombardiyada, mamlakatning eng ko‘p zarar ko‘rgan hududida uch kishi halok bo‘ldi. Bu mintaqada 27-fevraldan beri qayd etilgan eng past o‘lim ko‘rsatkichidir. Hozirgi kunda Italiyada koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 34,657 kishiga yetdi.

Rasmiylar, shuningdek, bir kunda mamlakatda infeksiya yuqtirishning 218 ta yangi holat qayd etilganligini ma’lum qilishdi. Shundan 143 tasi Lombardiyada aniqlangan.

Dushanba kuni Apuliya, Friuli-Venesiya-Djuliya, Sitsiliya, Sardiniya, Umbriya, Valle-dAosta va Bazilikata hududlarida koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan.

Italiyada COVID-19 virusini yuqtirganlarning umumiy soni 238,720 kishiga yetdi, 183,426 kishi davolanib chiqqan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 471 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.