Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Bu haqda nashrimiz tomonidan tayyorlangan kunlik yangi ma’lumotlar bilan tanishing.

Foto: 24 KG

2020-yil 23-iyun holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 18,231 kishiga yetdi. Bemorlarning 11,158 nafari butunlay tuzaldi. 127 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 23-iyun holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 163 kishiga ko’payib, jami 3519 taga ko’tarildi. Infeksiya tufayli o’lim holati 41 tani tashkil etmoqda. Mamlakatda kasallikdan tuzalganlar esa 2054 kishiga yetgan.

Tojikistonda esa bugun, 23-iyun holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 5513 tani tashkil etmoqda va jami 52 ta o’lim qayd etilgan. Mamlakatda COVID-19’dan davolanganlar soni 4039 nafarga yetgan.

Afg’onistonda 23-iyun holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 29,143 nafarni tashkil etmoqda. 598 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 8841 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

Turkmaniston davlatida hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 471 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.