Foto: Uzreport

Tokio Olimpiadasiga yo’llanma beruvchi so’nggi musobaqada dunyoning 46 mamlakatidan 397 nafar poygachi ishtirok etadi. Ular qatorida hamyurtimiz Olga Zabelinskaya ham dunyo birinchiligi medali va Olimpiada yo’llanmasi uchun startga chiqadi.

Zabelinskaya musobaqada dastlab Olimpiada dasturiga kiritilgan omnium yo’nalishida bahs olib boradi. Ushbu dastur 28 fevral sanasiga belgilangan. Zabelinskaya ayni paytda jahon reytingining 24-pog’onasida turibdi. Uning jahon chempionatida kuchli beshlikka kirishi Tokio-2020 Olimpiadasining trek yo’nalishida ham litseniya qo’lga kiritishini kafolatlaydi. Qolgan pog’onalar esa boshqa raqobatchilarning natijasiga bog’liq bo’ladi.

Shuningdek, sportchimiz 1 mart kuni ochkolar bo’yicha guruh poygasi yo’nalishida ham ishtirok etadi. Ushbu dastur Olimpiada yo’nalishiga kiritilmagani bois poygachilar unda JCH medallari uchun kurash olib borishadi.

Reglamentga ko’ra, bugun quyidagi yo’nalishlarda bahslar bo’lib o’tadi:
17:00 (toshkent vaqti bilan)
Erkaklar va ayollar o’rtasida jamoaviy ta’qib poygasi, saralash;

22:30 (toshkent vaqti bilan)
Erkaklar va ayollar o’rtasida jamoaviy ta’qib poygasi, saralash;
Ayollar skretch, final;

Erkaklar va ayollar o’rtasida jamoaviy sprint poygasi, saralash va final.