Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerida joylashgan, «Tönnies» konserniga qarashli go‘sht kombinatida ishlovchi 1,5 ming nafardan ortiq ishchida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mahalliy “Radio Gütersloh” radiostansiyasi xabar bergan.

Foto: RIA novosti

Xabarga ko‘ra, kombinat ishchilari topshirgan koronavirus testlarining 1553 tasi musbat chiqqan. Mahalliy va federal yer hukumati vakillari Gyuterslo okrugida o‘zini ajratish rejimi joriy etilishi mumkinligini aytishmoqda.

Kombinatda koronavirus infeksiyasi bir necha kun avval tarqalgan bo‘lib, korxona hududida ishlovchi 7 ming nafar ishchi karantinga olingandi. Ehtiyot chora sifatida Gyuterslodagi barcha maktab va bog‘chalar yopilgan. Korxona hozir ishlamayapti.