Kasallik aniqlangan fuqarolardan 136 nafari karantin muassasalarida, 5 nafari aholi orasida (4 nafari Toshkent shahrida, 1 nafari Toshkent viloyatida), qolgan 5 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan, deyiladi Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi taqdim etgan xabarda.

Foto: Xalq so’zi

Bugun 73 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri, Buxoro va Namangan viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6461 nafar bemordan 4450 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1992 nafar bemordan 15 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Foto: SSV matbuot kotibi