Avval xabar qilganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazoratini ta’minlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilandi.

Foto: Toshkent viloyati IIB axborot xizmati

“Qizil” hududlarda blokpostlar o‘rnatgan holda mahalla, dahalar va ko‘chalar kesimida yopiladi, karantinga olingan fuqarolarning uyi oldida 24 soatlik navbatchilik tashkil etiladi.

Fuqarolar karantin nazorati davrini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mehmonxonalar ro‘yxati Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantiriladi.