Oq uy joriy yilning kuzida boshlanishi kutilayotgan koronavirusning ikkinchi toʻlqiniga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu haqda CNN agentligi Oq uyning Savdo boʻyicha milliy kengash rahbari Piter Navarroga tayanib xabar bermoqda.

Foto: PBS

Uning soʻzlariga koʻra, Amerika hukumati sodir boʻlishi mumkin boʻlgan holatga tayyorlanmoqda.

“Biz kuzda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar bois zahiralarimizni toʻldirmoqdamiz”, – deydi Navarro Oq uy hozirda “toʻliq quvvat bilan ishlayotganligini” taʼkidlar ekan.

Eslatib oʻtamiz, Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, AQSHda 2,26 milliondan ortiq koronavirus holati aniqlangan, 119,8 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 8,9 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 467 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.