Niderlandiyada mart oyidan buyon koronavirus tufayli ilk bor bir kecha-kunduzda o‘lim holati qayd etilmadi. Epidemiya mobaynida jami 6090 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi sog‘liqni saqlash milliy instituti (RIVM).

Foto: RIA novosti

Pandemiya boshlangandan beri Niderlandiyada 49,658 kishida koronavirus aniqlandi. O‘tgan bir kecha-kunduzda 69 ta yangi holat qayd etildi. Shifoxonalarda 11,851 kishi davolanmoqda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 8,9 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 467 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.