Bugun poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 49 nafar , Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, Buxoro viloyatida 5 nafar, jami 66 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda SSV axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: SSV axborot xizmati

Poytaxtimizda tuzalganlarning 52 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 81 yoshli onaxon, yoshi kichigi esa 3 yoshda.

Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2342 nafarga yetdi.

Buxoro viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘lganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 40 yoshda, yoshi kichigi esa 28 yoshda. Hozirda ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 472 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun kun davomida 73 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4450 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytda shifokorlarimiz yurtimizdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanayotgan 1932 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.