Avval xabar qilganimizdek, “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Google

“Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida roʻyxatga olingan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ushbu hududlarda xizmat koʻrsatish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam boʻlmagan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona bojini amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida, qolgan qismini olib kirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida toʻlashga ruxsat etilsin”, – deyiladi qarorda.

Ushbu avtomobillarga davlatning roʻyxatga olish raqam belgilarining alohida seriyalari beriladi va ulardan tegishincha faqat Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hududida foydalanishga ruxsat etiladi.