Foto: Interfax

Shunday qilib, mamlakatda COVID – 19 bilan kasallanishning umumiy soni 1146 kishini tashkil etmoqda.

Xabar qilinishicha, 169 yangi holatdan 153 tasi Tegu va qo’shni Shimoliy Kyonsan provinsiyasida joylashgan.

Janubiy Koreyaning deyarli barcha yirik viloyatlari va shaharlari kasallar haqida xabar berishgan. Jumladan, Seulda to’rtta, Busan shahrida esa sakkizta yangi holat qayd etildi.

Bugungi kunga qadar Janubiy Koreyada yangi virusdan 11 kishi, shu jumladan jigar transplantatsiyasi uchun kasalxonaga yotqizilgan 36 yoshli Mo’g’uliston fuqarosi vafot etganligi aytiladi xabarda.