Foto: Pravda vostoka

Italiyalik tadbirkor taqdim etgan loyihaning dastlabki qiymati 20 million dollarni tashkil etib, u 400 gektar yerda shafran o‘simligini yetishtirishga mo‘ljallangan.

Shafran gulsafsarlar turkumining Crocus navi Crocus sativus L turi takribiga kiradi.

Dunyo bo‘ylab Crocus ning deyarli 85 turi tarqalgan, lekin Crocus sativus L Hindiston, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon va O‘zbekistonda, shuningdek 90 foizi Eronda yetishtiriladi. 

Shafran bugungi kunda farmatsevtika va parfyumeriya sohalarida haridorgir. 1 kilogramm shafranning xalqaro bozorda narxi 8 mingdan 30 ming yevrogacha turadi. Albatta sifatidan kelib chiqib, deb xabar beradi O‘zbekiston savdo – sanoat palatasi matbuot xizmati.