Foto: Sof.uz

Nizomga muvofiq, Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya sohasida davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi. 

Nizom bilan inspeksiyaning hamda hududiy inspeksiyalarning asosiy vazifalari va funksiyalari belgilandi.

Jumladan, inspeksiya ichimlik suvini oqilona va samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish, ichimlik suvidan foydalanish, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash xizmatlari ko‘rsatish sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. 

Inspeksiya boshlig‘i Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari bilan kelishgan holda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam ravishda baholab boriladi.

Ma’lumot o’rnida, Prezidentning tegishli Farmoniga asosan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi sifatida qayta tashkil etilgan.