Foto: Xalq so’zi

Turnirni yuqori saviyada o‘tkazish va musobaqa ishtirokchilarini xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 25 – 26 – 27 – 28 fevral kunlari viloyatning Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi “Bektemir – Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 33 kilometridan (Bo‘stonliq tumani, “Abay” aholi yashash joyiga kirish qismidan) 54 kilometrigacha (Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahriga kirish qismi) bo‘lgan qismida soat 10:30 dan 15:00 ga qadar vaqtinchalik avtomobil harakati to‘xtatiladi.

Tadbir munosabati bilan Bo‘stonliq tumaniga dam olish maqsadida boruvchi va ushbu yo‘ldan muntazam harakatlanuvchi haydovchilarga “Toshkent – Chirchiq – Chimyon” avtomobil yo‘lidan (Chirchiq shahri orqali) harakatlanish tavsiya etiladi, deyiladi xabarda.