Foto: O’zA

Avvalroq Italiyada 316 infeksiya holati va vafot etgan yetti bemor haqida xabar berilgan.

So’ngi ma’lumotlarga ko’ra, eng keskin vaziyat Lombardiya (infeksiyaning 240 holati va to’qqiz kishining o’limi) va Veneto (infeksiyaning 43 holati va bir kishining o’limi) yuzaga kelgan.

Bundan tashqari, koronavirus Emilia-Romagna, Piedmont, Latsio, Trentino-Alto Adige, Liguria, Toskana va Sitsiliyada ham aniqlani aytilmoqda.

So’nggi kunlarda Italiyada bunday holatlar soni tez sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Muxolifat hukumatni mamlakatni koronavirusdan himoya qilish uchun oldindan choralar ko’rmaganlikda ayblamoqda.