Foto: Google

Bu haqidagi prezident farmoni 25 fevral kuni e’lon qilindi.

Ishmetov Timur 2019 yil may oyidan buyon Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. Bunga qadar esa 2 yil davomida Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Timur Ishmetov 1979 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutining «Moliya va kredit» fakulteti, 2005 yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yo‘nalishida magistratura bosqichini, 2007 yilda -Toshkent yuridik universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 2017 yil apreligacha turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. Jumladan, turli vaqtlarda MBning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Ichki valuta bozoridagi operatsiyalar va Valuta boshqaruvi va nazorati departamentiga rahbarlik qilgan, 2017-2019 yillarda Markaziy bank raisi o‘rinbosari bo‘lgan.