Foto: Xalq so’zi

Tadbirlar jarayonidaBuxoro shahrida yashovchi, 19 yoshli fuqaro N.A 2019-yil iyul oyi boshlarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimi sifatida ishlashi haqidagi 177-raqamli qalbaki guvohnoma tayyorlab, unga “Amrullo” MCHJning aylana muhrini qoʻyib, “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi lavozimida ishlaydi”, “Rahbar Djoʻrayev R.R.” degan qoʻlyozma soxta yozuvlarni kiritib, guvohnomaning amal qilish muddatini 2021-yilgacha deb koʻrsatgan holda imzolab, undan foydalanib kelganligi aniqlangan. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar berdi.

Fuqaro N.A.ga nisbatan JKning 228-moddasi 1,3-qismlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.