Foto: Seooki

“Yandeks” — Rossiyaning transnatsional shirkati, “yandex.ru” qidiruv tizimi hamda bir qator xizmatlar (50 dan ortiq onlayn xizmatlar) egasi.

Uchrashuv davomida qo‘mita vakillarining Yakdeksga ma’lum qilishicha, bugungi kunda aksariyat mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurash idoralari raqamli bozorni tartibga solishga diqqatini qaratmoqda.

Shu munosabat bilan Qo‘mita raqobat to‘g‘risidagi qonunga raqamli platformalarga, Internet xizmatlariga monopoliyaga qarshi talablarni joriy qilishni nazarda tutadigan qator o‘zgartirishlarni ishlab chiqdi va raqamli bozorlarda ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarini tahlil qilish va samarali boshqarish vositalari va usullarini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda.

Bundan tashqari, tomonlar “Yandeks” kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida taqdim etilayotgan xizmatlar to‘g‘risida fikr almashdilar.

“Yandeks” vakillarining ta’kidlashicha, bugungi kunda “Google” korporatsiyasi adolatsiz raqobat qilmoqda. Ular Android OT bazasidagi qurilmalarga ayrim ilovalarni majburiy o‘rnatmoqda, deyiladi xabarda.