Yangi Zelandiyada koronavirusga chalingan oxirgi bemor tuzalib chiqdi. Orol-davlat barcha karantin cheklovlarini bekor qildi, faqat chegaralar hozircha ochilmaydi.

Foto: Time

Bosh vazir Jasinda Arden 8-iyunda ma’lum qilganidek, seshanba, 9-iyunga o‘tar kechasi soat 00:00 dan mamlakat milliy xavf darajasining to‘rtinchisidan birinchisiga o‘tdi.

Bugundan barcha jamoat va xususiy tadbirlari cheklanmagan tartibda o‘tkazila boshlanadi, chakana savdo va mehmonxona biznesi odatiy ish tartibiga o‘tadi, jamoat transporti ishi to‘liq tiklanadi.

Mamlakatda ikki haftadan beri birontayam koronavirus holati qayd etilgan emas.

Ma’lumot uchun, Yangi Zelandiyada epidemiya davrida koronavirusni yuqtirish holatlari 1504 tani tashkil etib, 1482 nafar (98,5 foiz) bemor sog‘ayib chiqdi, 22 kishi (1,5 foiz) vafot etgan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 7,1 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 406 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.