Foto: Interfax

Yazov SSSRning so‘nggi mudofaa vaziri va Sovet Ittifoqining tirik qolgan yagona marshali edi. U harbiy idorani 1987 yil maydan 1991 yil avgustgacha boshqargan. Bu vaqt ichida u Sovet qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqdi.

Yazov shuningdek, SSSR Markaziy Qo‘mitaning kommunistik partiya a’zosi, 1987 yildan Markaziy Ko‘mita Siyosiy byurosiga nomzod va 1990 yildan SSSR Prezident Kengashi a’zosi, so‘ngra SSSR Xavfsizlik Kengashi a’zosi bo‘lgan.

1991 yil avgustda u Favqulodda vaziyatlar davlat qo‘mitasi(GKChP) a’zosi sifatida Moskvaga tanklar va boshqa harbiy texnikalarni kiritishni buyurgan edi. U Vnukovo aeroportiga Forosdan qaytib kelganida hibsga olinib, davlatga xiyonat qilganlikda ayblangan. 1994 yil fevral oyida u amnistiya bilan ozodlikka chiqqan edi.

2019 yil mart oyida Vilnyus okrug sudi Yazovni sirtdan 1991 yil 13 yanvar voqealari bo‘yicha urush jinoyatlarida va insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topib o‘n yilga ozodlikdan mahrum qildi.

II jahon urushi paytida ko‘rsatgan qahrmonliklari uchun Yazov “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan, deyiladi xabarda.