Foto: Korrespondent

Fuqarolar Janubiy Koreyaga ishga ketishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat etishi lozim.

Fuqarolarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi.
  2. Nomzodning yoshi 18 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lishi.
  3. Koreys tilini bilishi.
  4. Sudlanmagan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishga ruxsat (xorijga chiqish pasporti) mavjud bo‘lishi.
  5. Koreya Respublikasi hududida bo‘lish va boshqa qonunlarini buzmagan bo‘lishi.
  6. Sog‘lom va rang ajrata olmaslik kasalligi (dal’tonizm) bo‘lmasligi.
  7. Koreya Respublikasida 5 yildan ortiq muddat davomida ishlamagan bo‘lishi lozim.

Eslatma: fuqarolarni Janubiy Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish (E-9 ishchi viza) huquqiga ega yagona tashkilot Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisoblanadi, xususiy bandlik agentliklarining bunga vakolati yo‘q.

Janubiy Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish (E-9 ishchi viza) taklifiga duch kelgan fuqarolardan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga (71 202-33-55) yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari so‘raladi, deyiladi xabarda.