Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining buyrug‘i bilan, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – tergov faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i – mayor Kozimov Azamat Kamilovich egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tergov departamenti yangi tayinlangan rahbarga kelgusidagi kasbiy faoliyatida muvafaqiyatlar tilaydi, deyiladi xabar so’ngida.