Foto: Migratsiya agentligi matbuot xizmati

Avval tomonlar, Janubiy Koreyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvga erishgan edi.

Memorandum shartlarini amalga oshirish uchun hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlari belgilandi:

  1. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Janubiy Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi tavsiyasiga binoan, “Probest” moliyaviy korporatsiyasi tomonidan 26 oy davomida 100 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tibbiy sug‘urtalash uchun 520 million koreys voni (qariyb 450 ming AQSh dollari) miqdorida beg‘araz homiylikni amalga oshirish.
  2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun beg‘araz homiylik bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa loyihalarni amaliyotga tatbiq etish.

Mazkur Memorandum doirasida tomonlar barcha harakatlarni O‘zbekiston fuqarolari manfaati yo‘lida amalga oshiradi, deyiladi xabarda.