Foto: Google

O‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchilarning, yetmishdan ortiq jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanib, muhokama qilindi. Dastlabki tergov organi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchilarning vajlari tekshirildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi O. Murodovni bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.

Sudlanuvchi O. Murodovga nisbatan jazo chorasini belgilashda sud O‘zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasi va jinoyat qonunchiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillariga ham asoslandi.

Xususan, sudlanuvchining sodir etgan jinoyatlari uchun chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi va jinoiy qilmishlarni fosh qilishda faol yordam berganligi hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar to‘la qoplanganligi e’tiborga olindi.

Natijada, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvchining shaxsi, oilaviy ahvoli, yashash joyidan ijobiy tavsiflangani kabi jazoni yengillashtiruvchi holatlar e’tiborga olinib, O. Murodovga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sudning hukmiga ko‘ra, I. Abdullaevga 19 yil, J. Igamovga 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, har biri muayyan muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi, deyiladi xabarda.