Foto: RIA novosti

Eronda hozirgi kunda kasallikning 60 dan ortiq holati tasdiqlangan, ulardan 12 tasi qurbonlardir.

Kanalga ko’ra, A330-300 rusumidagi samolyot Toshkent vaqti bilan soat 12: 45 da “Esenboga” aeroportiga qo’ngan va u yerda tez yordam brigadalari uni kutib olishgan. Barcha 132 nafar yo’lovchilar shifokorlar tomonidan ko’rikdan o’tkazildi, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Turkiya hukumati Eron bilan chegarani yopib qo’ygan edi, hozirgi vaqtda Turkiya Fuqaro aviatsiyasi Bosh direksiyasining ko’rsatmasi bilan Turkiya aviakompaniyalariga Erondan faqat Turkiya fuqarolarini olib chiqish huquqi berilgan deb aytilmoqda.