Foto: Kun.uz

Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

– o’z xohishiga binoan;

– o’qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko’chirilishi munosabati bilan;

– salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);

– o’quv intizomini va OTMning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;

– bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

– o’qish uchun belgilangan to’lov o’z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to’lov-kontrakt bo’yicha tahsil olayotganlar uchun);

– talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

– sud qaroriga ko’ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

– vafot etganligi sababli.