Foto: Mehnat vazirligi matbuot xizmati

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga “Consort xususiy bandlik agentligi” MChJ faoliyati ustidan ko‘plab fuqarolardan shikoyat arizalari kelib tushgan.

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi Qarori asosida tasdiqlangan «O‘zbekiston Respbulikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomining» 45-bandiga muvofiq, “Consort xususiy bandlik agentligi” MChJ litsenziyasining amal qilishini 10 ish kuni muddatiga to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

10 kun davomida “Consort xususiy bandlik agentligi” MChJ tomonidan Nizomning 46-bandiga binoan keltirilgan holatlarni ijobiy hal qilish talab qilinadi, deyiladi xabarda.