Foto: Darakchi

Mazkur Nizomga ko’ra, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik, 1, 5, 10, 25 so`mlik qiymatidagi tangalar, shuningdek 1, 3, 5, 10, 25 so`mlik eski namunadagi banknotlar (qog`oz pullar) 2020 yil 1 martdan boshlab qonuniy to`lov vositasi sifatida o`z kuchini yo`qotadi.

Ushbu tanga va banknotlar hech qanday monelik, cheklovlarsiz, to’lov yoki vositachilik haqi undirilmagan holda:

  • 2020 yil 1 martga qadar Hisob-kitob kassa markazlari, tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan;
  • 2020 yil 1 martdan 2021 yil 1 yanvarga qadar esa faqat Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan almashtirib beriladi.

Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi tanga va banknotlarning ayirboshlash muddati 2021 yil 1 yanvargacha etib belgilandi.

Bunda hisob-kitoblar mijozlar va aholining talabiga asosan:

  • bank plastik kartasi hisobvaraqlariga kirim qilinish orqali (to`liq qiymatda);
  • muomaladagi tanga va banknotlarga ayirboshlab berish orqali;
  • mijozlarning tegishli hisobvaraqlariga, fuqarolarning arizasiga asosan omonatga kirim qilish orqali;
  • kommunal va boshqa bir martalik to`lovlar uchun qabul qilish orqali amalga oshiriladi.