Foto: Human.uz

Yaponiya jamoatchilik televideniyasiga ko‘ra, 26 fevralga belgilangan o‘yinlar o‘tkazilmaydi. Shuningdek, J1 Ligasi rahbariyati mart oyi o‘rtalariga qadar barcha uchrashuvlarni bekor qilishni ko‘rib chiqmoqda.

2019 yil dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida koronavirus tarqalishi qayd etildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kasallikdan 2,6 ming kishi vafot etgan, 25 ming kishi tuzalib ketgan. Ishlarning umumiy soni 77 mingdan oshdi. Yaponiyada 850 dan ortiq odam koronavirusni yuqtirgan. Ularning 691 nafari “Diamond Princess” layneri yo‘lovchilaridir.

Avvalroq Yevropa ligasi 1/16 finalining “Inter” va Bolgariyaning “Ludogores” jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuvi koronavirus tufayli tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.