Foto: Dunyo axborot agentligi

Muloqot chog‘ida Buxoro – Ryuey-Malmezon birodarlashgan shaharlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari misolida O‘zbekiston – Fransiya hamkorligining joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Hamkor mamlakat – Fransiya vakillari muntazam asosda rasmiy delegatsiyalar almashinuvi amalga oshirilib, madaniy-gumanitar va turizm sohasida qo‘shma tadbirlar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ryuey-Malmezon shahrida o‘rnatilishi belgilangan Abu Ali ibn Sino haykali, ochilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston bog‘i ham xalqlarimiz o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan madaniy hamkorlikka yana bir misol ekani alohida ta’kidlandi. Bu Fransiyada O‘zbekiston xalqining ilmiy, madaniy va tarixiy merosini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida Ryuey-Malmezonda tashkil etiladigan O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbekistonlik ijodiy jamoalar ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazishga kelishib olindi.