Foto: Uzbekistan airways

Kiyev shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Ukraina biznes – forumi doirasida “Toshkent – Kiyev – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovini va “Toshkent – Xarkov – Toshkent” bo‘ylab temir yo‘l liniyasini tiklash masalasi yuzasidan muzokaralar o‘tkazilgan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar bergan.

Shuningdek, biznes – forumda tadbirkorlarni qo‘llab – quvvatlash, bojxona va tariflarni tartibga solish, veterinariya – sanitariya talablarini va o‘simliklar karantini uyg‘unlashtirish borasida o‘zaro munosabatlar sohalarida masalalarni hal etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan, deyiladi xabarda.