Foto: O’zA

Deputatlar tomonidan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda. Shulardan biri – “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va qonun ustuvorligini ta’minlashda mahalla institutini mutlaqo yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Jamiyatda aholi osoyishtaligini va qonun ustuvorligini ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda mahalla institutining roli kattadir. O‘zbekistonning boy tarixi bilan chambarchas bog‘liq bu o‘ziga xos institutning mavqeini yanada oshirish maqsadida, shuningdek, mahalla tizimi xodimlari faoliyati jamiyatda muhim ahamiyatga egaligini inobatga olib, mazkur qonun loyihasi bilan 22 mart sanasini mamlakatimizda mahalla tizimi xodimlari kuni etib belgilash taklif qilinmoqda.

Deputatlarning fikricha, ushbu qonun loyihasi qabul qilinishi mamlakatimizda mahalla instituti va mahalla tizimi xodimlari faoliyatiga keng jamaotchilik e’tiborini jalb etish, ularning obro‘si hamda mavqeni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Qonun qabul qilindi.