Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan izchil ishlar olib borilmoqda.

Bunga misol qilib, Namangan viloyatida ham IT – Park filialinig qurilish jarayonlari boshlab yuborilganini aytib o‘tishimiz mumkin.

Hozirda qurilishi bilan bog‘liq harakatlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Namangan viloyati xokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda IT-Park qurish uchun ajratilgan hudud, mahalliy infratuzilma, bosh reja, texnik tadqiqotlar va boshqa loyiha hujjatlari bilan tanishdilar. Shuningdek, Namangandagi IT – Parkning bo‘lajak konsepsiyasi taqdim etildi.

Qurilishning birinchi bosqichida 5800 kvadrat metr maydon foydalanishga topshiriladi.

Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridaham IT – Parkning qurilish ishlari boshlab yuborildi. Ta’kidlash joizki, ushbu obyektning umumiy maydoni 4500 kv.m dan iborat bo‘lib, 1000 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.