Foto: Aniq.uz

Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilishicha, kecha Hirotda koronavirusda gumon qilingan uchta holat aniqlangan, ulardan bittasi tadqiqotlardan so‘ng tasdiqlangan.

Kanal shuningdek Sog’liqni saqlash vaziri Hirotda favqulodda holat e’lon qilganini xabar qilmoqda.

Avvalroq Tolo News telekanali Eronning Qo‘m shahriga tashrif buyurgan uch kishida koronavirus borligi gumon qilinganini ma’lum qilgandi. Eronlik shifokorlar birinchi marta 19-fevral kuni koronavirus bilan kasallanish holatini aniqlashgan.