Foto Rossiya Federatsiyasi IIV Axborot xizmati

Velikiy Novgorod shahri bo’yicha Rossiya IIVning boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korruptsiyaga qarshi kurash bo’limining materiallari bo’yicha, ushbu jinoiy ishning tergovi bilan Novgorod viloyati buyicha  Rossiya IIVning boshqarmasi Tergov boshqarmasi shug’ullangan.

Sankt Peterburgning 41 yoshli fuqarosi 2013 yilda nazorat ostidagi firmasining pul aylanmasini to’ldirish uchun 255 million rubl` miqdorida kredit olish uchun dastlab qalbaki hujjatlar taqdim etgan. Kreditni olganidan so’ng mablag’ning bir qismini ushbu tashkilotning ehtiyojlari uchun ishlatgan, qolganini esa shaxsiy maqsadlarida o’zlashtirgan. Bunda bankdan  kreditga olingan pul qaytarilmagan.

Bundan tashqari o’zining nazorati ostidagi tashkilotlardan biri nomidan Staraya Russa shahrida mol-mulk majmuasini xarid qilib, boshqa tashkilotlarga sotib yuborgan, buning natijasida  6 million rubl` qo’shimcha soliq qiymatini qoplashga huquq olgan, keyinchalik ushbu mablag’ni qonuniylashtirgan.

SHu bilan birga, politsiyachilar aybdorni tanishi bo’lgan kredit faoliyati sohasida firibgarlik harakatlari va jinoiy yo’l bilan topilgan mablag’larni qonuniylashtirishda ayblanayotgan  48 yoshli Sankt-Peterburg tadbirkoriga sheriklik qilganligini aniqlashgan. Novgorod shahrining banklaridan biriga go’yoki, Novgorod viloyatining 2 ta mehmonxonalarini qayta qurish va zamonaviylashtirish uchun 136 million rubl` kredit olish uchun qalbaki hujjatlar taqdim etgan.

Jinoyatlar yig’indisi bo’yicha jinoyatni qisman qo’shish yo’li bilan sud jinoyat ishi figurantini 3 million rubl` miqdorida jarima solinishi bilan birgalikda 7 yilga ozodlikdan mahrum etish hukmini chiqardi. Jazo muddati umumiy tartib koloniyasida o’taladi, deyiladi xabarda.

Rossiya Federatsiyasi IIV Axborot xizmati