Foto: Daryo

Uchrashuvni Antonio Migel Mateu Laos boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga videotakrorlarda Aleksander Gonsales Gonsales yordam beradi.

Laos La Liga doirasida “El-Klasiko”ni bor-yo‘g‘i bir marta boshqargan: 2014/15-yilgi mavsumda “Kamp Nou”da kechgan bahsda katalonlar g‘alaba qozongandi (2:1).

Shuningdek, u “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi 2012-yilda Ispaniya Superkubogi (ikkinchi o‘yin, 2:1), Ispaniya Kubogi finali (2014, 2:1) va yarim finalning dastlabki bahsini (1:1, 2014) boshqarib borgan.

Ma’lumot o’rnida, “Real” — “Barselona” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 1-martdan 2-martga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.