Foto: O’zA

Ekstremal tibbiyot boʻyicha olimpiadada Belarus, Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Qozogʻiston kabi davlatlardan, shuningdek, Rossiyaning Chelyabinsk, Omsk, Voronej, Volgograd, Stavropol, Kislovodsk, Tyumen shaharlarida joylashgan tibbiyot yoʻnalishidagi taʼlim muassasalaridan jamoalar ishtirok etib, gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

Belgilangan barcha shartlar boʻyicha yuqori natijalarga erishgan andijonlik talabalar yakunda uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

– Albatta olimpiadada ishtirok etgan 25 ta jamoa orasida uchinchi oʻrinni egallash oson boʻlmadi, – deydi Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi Ilyosmirzo Ziyayev. – Bor imkoniyatlarimizni ishga solib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildik, oʻzbek yoshlarining bilim va salohiyatini namoyon eta oldik.

Xalqaro olimpiadaning gʻolib va sovrindorlari tegishli kubok va diplomlar bilan taqdirlandi.

Olimpiadada Rossiya Sogʻliqni saqlash hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari yetakchi mutaxassislari tomonidan amaliy mashgʻulotlar, mahorat darslari oʻtilgani yoshlarimizning ekstremal tibbiyot yoʻnalishidagi bilim va mahoratini yana-da boyitdi, deyiladi xabarda.